02.03.2026
2026-yil 2-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 1-mart — atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavallud kuni munosabati bilan viktorina tashkil etildi.
Mazkur viktorina o‘quvchilarning shoira hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda savol-javoblar shoira tarjimai holi, ijodiy faoliyati, mashhur she’rlari hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida bo‘ldi. O‘quvchilar zukkolik, tezkorlik va chuqur bilim namoyon etib, faol ishtirok etdilar.
Viktorina yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Tadbir yoshlarning milliy adabiyotimiz namoyandalariga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda shoira xotirasini munosib e’zozlashga xizmat qildi.