30.03.2023
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Uchtepa tumani “Abu Talha” jome masjidi imom xatibi Farmonov Amrullo Omonjon o‘g’li bilan uchrashuv bolib otdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g’risida”gi PQ-98-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, akademik litseyimizda Uchtepa tumani “Abu Talha” jome masjidi imom xatibi Farmonov Amrullo Omonjon o‘g’li ishtirokida Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu g’oyalar, dinimiz arkonlarini e’zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi
Muloqot yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.