01.04.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz yoshlari manaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.
Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar akademik litseyimizda ham yaratilmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Besh muhim tashabbus markazi” sport yo‘nalishi rahbari Jiyanov Sardor Shuxratovich hamda shaxmat klubi a’zolari akademik litsey o‘quvchilariga universitetda tashkil etilgan sport to‘garaklari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Universitetda sportning 12ta turi bo‘yicha tashkil qilinadigan musobaqalar haqida tushuntirildi. Quvonarlisi shundaki, ushbu musobaqalar va sport to‘garaklarida endilikda akademik litsey o‘quvchilari ham ishtirok etishlari mumkin.