Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

IGR1-22 va IGR2-22 guruhi o‘quvchilari uchun tarix fani o‘qituvchisi Nurmuhamedov Murodjon Rahimjonovich ishtirokida Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

IGR1-22 va IGR2-22 guruhi o‘quvchilari uchun tarix fani o‘qituvchisi Nurmuhamedov Murodjon Rahimjonovich ishtirokida Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

06.04.2023

foreign

          Vatanimiz iftixori buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning hayoti va yurishlari, markazlashgan davlat uchun olib borgan sa’yi harakatlari bilan oquvchilarni yaqindan tanishtirish, bobomiz buyuk sarkarda siymosida yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida akademik litseyimizning IGR1-22 va IGR2-22 guruhi oquvchilari uchun tarix fani oqituvchisi Nurmuhamedov Murodjon Rahimjonovich ishtirokida Temuriylar tarixi davlat muzeyidaAmir Temurning ozbek davlatchiligi tarixida tutgan ornimavzusida ochiq dars tashkil etildi.

          Mamlakatimizda Amir Temur va temuriylar davridagi ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va uni keng targ‘ib qilish, tarixiy yutuqlarimiz, an'analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzeyning hissasi katta.

          Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo’lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O’zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi ko’rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda.