Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2023 yil 7-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilliga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

2023 yil 7-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilliga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

07.04.2023

foreign

         2023 yil 7-aprel kuni  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilliga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida  “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi kichik ilmiy xodimi Imamov Xurshid Xudayqulovich ishtirok etdi va qatnashchilarga buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, Amir Temur davlatining davlat boshqaruvi, xalqaro aloqalari, buyuk hukmdor bilan ko‘rishishga musharraf bo‘lgan arab tarixchilari Ibn Xaldun, Ibn Arabshox asarlarida berilgan qiziqarli ma’lumotlar, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan va boy merosi haqida qiziqarli ma‘lumotlarni yetkazdi. Shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil etilish tarixi, muzeydagi eksponatlar hamda muzey bilan hamkorlik qilish to‘g’risida  ma’lumotlar bilan tanishtirishdi va muzey mutaxassislari tomonidan tayyorlangan kitobni akademik litsey kutubxonasiga taqdim qildi.

         Tadbir so‘nggida bir guruh litsey o‘quvchilari va “Zakovat” intelektual turnirining shahar bosqichida faol ishtirok etgan akademik litseyning “Diplomat” jamoasiga sertifikat va faxriy yorliqlar topshirildi.