08.04.2023
Karera qurishda muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan yuqori sifatli oliy ta’limga bog‘liq. 2022-2023 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyori va diplomatiya universiteti akademik litseyini 232 nafar o‘quvchi bitiradi. Bitiruvchilarni xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarida oliy ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 8-aprel kuni akademik litseyimiz o‘quvchilari “Ta’lim va mutaxassislik” XXIII xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtini tanlashga yordam beradi. Abituriyentlar xolis ma’lumot olib, akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro oliygohlarga grant asosida ham, shartnoma asosida ham qabul qilinish imkoniyatlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bitiruvchilar ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish hamda ta’lim jarayoni, formati va boshqa masalalar haqida savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.