11.04.2023
2022-2023 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini 232 nafar o‘quvchi bitiradi. Ularning aksariyati xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishgan.
Akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha test sinovlari bepul tarzda tashkil etiladi.
2023 yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyning 217 nafar o‘quvchilari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash testida qatnashdilar.
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 o‘quv yilida akademik litseyimizning 132 nafar bitiruvchisi ushbu sertifikatga ega bo’lgan edilar.