11.04.2023
Joriy yilning 11-21 mart kunlari akademik litseyimizda sportning futbol turi bo‘yicha "Direktor Kubogi" musobaqasi o'tkazildi. Bahslarda akademik litseyning barcha guruhlari ishtirok etdilar.
Qiziqarli vaziyatlarga boy bo’lgan musobaqada 1-o'rin af3-21guruhi, 2-o'rinni AFR4-22 guruhi, 3-o'rinni AF2-21-guruhi egallashdi. Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi hakam” nominatsiyalari bo‘yicha ham g’oliblar taqdirlandilar. G'oliblarga esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

G’olib jamoa aprel oyining 17-sanasida finlandiyalik tengdoshlari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.