13.05.2023
Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri boʼlgan Ikkinchi jahon urushi yillari o‘zining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat xotirasidan hech qachon o‘chmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urushning millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt o‘limiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab bo‘lganligi ko‘plar asarlarda qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi.
Ikkinchi jahon urushida minglab o‘zbek oʼgʼlonlari jang maydonlarida qahramonona kurash olib bordilar. Urushda o‘zbek ayollari ham qatnashib o‘zining munosib jasoratlarini namoyon eta oldilar. Front ortida ham o‘zbekistonlik ayollar butun ogʼirlikni o‘z zimmalariga olishdi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va iqtisodiyotning boshqa barcha sohalarida xotin-qizlar mehnati yetakchi o‘ringa chiqdi.
O‘zbekistonlik ayollarning urush yillaridagi eng katta xizmatlari O‘zbekistonga evakuatsiya qilib keltirilgan oilalarga gʼamxoʼrlik qilish, ayniqsa bolalarni bagʼriga olishda namoyon bo‘ldi.
2023-yil 13-may kuni JIDU akademik litseyida “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘zbek ayollarining urush paytida ko‘rsatgan jasoratlarini aks ettiruvchi badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.