22.10.2024
2024 yilning 21 oktaybr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida O`zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan «Ona tilim – g`ururim, faxrim» mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbir avvalida xalqimizning milliyligi, o’zligi va barcha qadriyatlarini o’zida jam etgan ona tilimizga e’tibor bugun har qachongidanda kuchayganligi ta’kidlandi.
Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O`zbek tili, adabiyoti va folklor instituti ilmiy hodimlari, filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktorlari Zohida Muqimova, Feruza Karimova va Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbarining Davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchisi Sitora Barliboevalar ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdilar.
Ularning nutqlarida ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerakligi ta`kidlandi.
Uchrashuv so'ngida o'quvchilar o'zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.