Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Buyuk ajdodlarimiz – faxrimiz!

Buyuk ajdodlarimiz – faxrimiz!

21.02.2025

foreign

2025-yil 20-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kinozalida Аkademik litsey o‘quvchilari uchun Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.

Namoyishdan oldin JIDU akademik litseyi direktor o‘rinbosari A.Fatxullayev so‘zga chiqib,  M.Behbudiy tavalludining 150-yilligini litseyda keng nishonlash, uning tarixiy me’rosini yosh avlodga yetkazish borasida amalga oshirayotgan ishar borasida atroflicha ma‘lumot berdi.

Namoyish davomida oʻquvchilar M.Behbudiy hayoti va ijodi to‘grisida to‘liq ma’lumotni oldilar, buyuk ajdodlarimiz merosi haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar.