15.03.2025
2025-yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida «Ayol salomatligi – mustahkam jamiyat asosi» mavzusida JIDU akademik litsey o‘quvchi qizlari uchun davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirning maxsus mehmoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori, Universitet Xotin qizlar kengashi raisi E’tibor Sultanova bo‘ldi.
O‘z ma’ruzasida professor E.Sultanova mamlakatimizda ayollar salomatligini mustahkamlash, turli hastaliklar xavfini kamaytirish, sog‘lom oilani shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida o’quvchi qizlarga atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda o’quvchi qizlar “Ayollar salomatligi” mavzusida turli taqdimotlarni namoyish qilib, tibbiyot sohasiga ulkan hissa qo‘shgan ayollar haqida gapirib o‘tdilar. Jumladan, zamonaviy tibbiyot asoschilaridan biri Florens Naytingeyl, radioterapiyani kashf qilgan Mariya Kyuri va Oxford/AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqishda muhim ro’l o‘ynagan Sara Gilbert haqida so‘z yuritildi.
Universitetning Lider qizlar klubi yetakchisi, "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va menejment" fakelteti 3-kurs talabasi Dilshoda Juraboyeva ham taqdimot o‘tkazib, Lider qizlar klubining maqsad va missiyasi haqida tushuncha berdi.
Davra suhbati iliq va informativ muhitda o‘tdi, qizlarning huquqlari, imkoniyatlari hamda ayollarning fan va tibbiyot sohasidagi o‘rni haqida xabardorlikni oshirishga xizmat qildi.