15.05.2025
Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash maqsadida rejalashtirilgan chora-tadbirlar doirasida 2025-yilning 14-may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan atoqli adibning “Padarkush” dramasi sahnalashtirildi.Namoyishda ishtiroklari orqali o‘quvchilar taraqqiyot va ma’rifat g‘oyalariga sodiq ekanliklarini, jaholatga qarshi kurashga doim tayyorliklarini yana bir bor isbotladilar. Sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi, namoyishda faol qatnashgan AF2-24, IG2-24 guruhlari o‘quvchilariga, hamda dramani sahnalashtirishda jonbozlik ko‘rsatgan Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Go‘zaloy Mamedovaga akademik litsey rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.