17.05.2025
Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash maqsadida 2025-yilning 16-may kuni JIDU akademik litseyida mashhur vatandoshimiz xotirasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan bir qator jamoat arboblari va olimlar tomonidan M.Behbudiyning hayoti va ijodi, uning milliy ozodlik harakati rivojiga q‘oshgan hissasi, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish yolida olib borgan faoliyati to‘g‘risida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi. Asosiy e‘tibor bugungi kunda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanaprvar insonlar tarbiyasida mashhur vatandoshimiz ta’limotini keng targ‘ib etishga qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan jadidchilik harakati namoyandalari faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.