Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelida ishtirok

Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelida ishtirok

28.05.2025

foreign

          2025-yil 23–25-may kunlari Toshkent shahridagi Westminster universitetida  tashkillashtirilgan  Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli – TIMUN 2025 (Tashkent International Model United Nations) tadbirida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi  o‘quvchilari ham  munosib ishtirok etdilar.Mazkur tadbir BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, maqsadi esa, o‘quvchilarga interaktiv va zavqli ta'lim tajribasi orqali nafaqat BMT haqidagi, balki global muammolarga oid tushunchalarini kengaytirishda ko‘maklashishdir. Bu o‘quvchilarni global muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularga yechim topishda xalqaro yondashuv bilan ijodiy fikrlashga undaydi.Tadbirda doirasida o‘tkazilgan diplomatik munozara va muloqotlarda akademik litsey o‘quvchilari  Samina   Niyazova Janubiy Koreya delegati  sifatida, Rukhshona Iskandarova esa Ispaniya delegati sifatida biriktirilgan davlatlar nomidan faol ishtirok etdilar.