Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Korrupsiya taraqqiyot dushmani

“Korrupsiya taraqqiyot dushmani

24.11.2025

foreign

         “Korrupsiya taraqqiyot dushmani” — Yoshlar Press Klubining maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 24-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Korrupsiya taraqqiyot dushmani” mavzusiga bag‘ishlangan Yoshlar press klubining maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda halollik tamoyillarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Sessiyada litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, huquq sohasi mutaxassislari, jurnalistlar, shuningdek faol o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanishga yetkazadigan zararlar, shuningdek, uni oldini olishda yoshlarning faol pozitsiyasi muhim ekani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda amaldagi qonunchilik, jamoatchilik nazorati va ochiqlik tamoyillarining o‘rni yuzasidan taqdimotlar qilindi. Yoshlar esa o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va savollarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi. Press klub shaklida o‘tgan suhbatlar yoshlar orasida ochiq muloqot va fikr almashinuviga zamin yaratdi.
Tadbir yakunida halollik va adolat tamoyillarini kundalik hayotda qo‘llash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, litseyda “Halollik maktabi” tashabbusi doirasida turli loyihalar va ma’rifiy uchrashuvlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
Mazkur sessiya yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini shakllantirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.